Bugun Toshkentning 3 tumanida gaz o‘chiriladi
Jamiyat
−
11 aprel 2023
8565Ta’mirlash ishlari tufayli bugun, 11 aprel kuni poytaxt Toshkentning Uchtepa, Shayxontohur va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, Uchtepa tumani Beshqayrag‘och va TKAD ko‘chalari kesishmasida joylashgan yuqori bosim gaz quvuriga gaz hisoblagichini o‘rnatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shu sababli bugun, 11 aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar ushbu 3 ta tumanda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shundan Shayxontohur tumani:
“Ming terak” mahallasida joylashgan 10 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 120 ta xonadon;
Yangi turar-joy majmuasidagi 72 ta xonadon;
Ko‘ksaroy ko‘chasidagi 30 ta uy xo‘jaligi va tumandagi jami 15 ta ulgurji iste’molchilar tabiiy gazdan vaqtincha uziladi.
Shuningdek, Uchtepa tumanidagi “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor”, “Zarafshon” mahallalaridagi jami 4 600 ta uy xo‘jaligida va 2 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 60 ta xonadonda hamda hududdagi 120 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, Yashnobod tumanining Ohangaron ko‘chasida joylashgan yuqori gaz taqsimlash punktida o‘rnatilgan EGHU (Uzel)da aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish rejalashtirilgan.
Shu sababli bugun, 11 aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shundan aholi va ulgurji iste’molchilari:
G‘alabaninig 40 yilligi 3-4 mavzesida joylashgan 30 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 1 200 ta aholi xonadonlarida;
“Amir Temur” MFY, Ulug‘bek, Furqat, Cho‘lpon ko‘chalaridagi jami 120 ta uy xo‘jaligida hamda ulgurji iste’molchilarda.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi