Jizzaxda karantin qoidasini buzgan “bazmchi” javobgarlikka tortildi
Jamiyat
−
21 aprel 2020 12481 1 daqiqa
Jizzax viloyatida karantin qoidalarini buzgan fuqaro jazolandi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Paxtakor tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Paxtakor qishloq fuqarolar yig‘inida karantin qoidalarini buzish holati aniqlandi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan fuqarolar to‘planishiga sabab bo‘ladigan tadbirlarni uyushtirish vaqtincha taqiqlangan. Biroq ayrim fuqarolar bu kabi holatlarni inobatga olmay kelmoqda.
Paxtakor qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘.E. ham yashash uyiga tanishlarini taklif qilib, bazm tashkil qilgan. Bu to‘g‘risida tuman IIB xizmati xabar topgan. Hozirda holat yuzasidan barcha aybdorlarga belgilangan tartibda chora ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi