Bugun Toshkentda magnit bo‘roni kuzatilishi kutilyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 8 avgust kuni tush payti oralig‘ida Toshkentda G3 darajali 4 balli magnit bo‘roni bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

“Bugun kunduzgi 3 soatlik muddat oralig‘ida magnit bo‘ronlarini 4 balli kuchi bo‘lishi kutilmoqda”, deydi mutaxassis.

Qayd etilishicha, magnit bo‘roni yuqori faolligi tush paytiga to‘g‘ri kelayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish ratsioniga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlarining G3 darajasi kuzatilgan davrda ko‘pchilikda bosh qismining orqa tomonida biroz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

303

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing