Bugun Toshkentda 2 ta yangi metro bekati ish boshlaydi

Jamiyat

image

Bugun, 15 dekabr kuni Toshkentda metropolitenning yerusti halqa yo‘lidagi yana ikkita bekatda ta’mirlash ishlari yakunlanib, ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda "Metropoliten" matbuoti xizmati xabar berdi. 

Bildirilishicha, Toshkent metrosining yangi "Turon" (13-bekat) va "Qipchoq" (14-bekat) bekatlari sinov tariqasida yo‘lovchilarsiz ishlay boshladi. Test rejimida harakat sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng yo‘lovchilar foydalanishi uchun ham ruxsat beriladi. 

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining Yerusti halqa aylanma yo‘li jami 37 ta bekatni o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan. Shu vaqtga qadar “Do‘stlik 2” bekatidan “Quruvchilar” bekatigacha bo‘lgan 12 ta bekat foydalanishga topshirilgandi. Qolgan bekatlar hali qurilish jarayonida. 

Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni Toshkent shahridagi 19 ta yerusti metro bekatiga yangi nom berilgandi. Bu bo‘yicha “Toshkent metropolitenining yerusti yo‘li bekatlariga nom berish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliten metro bekat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing