“Bugun tarixiy saylov bo‘lib o‘tmoqda”. Berdimuhamedov ovoz berish uchastkasiga keldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Turkmanistonda bugun, 12 mart kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochilgani haqida xabar bergandik. 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham prezidentlik saylovida ovoz berdi. Bu haqda TASS xabar bergan.  

Respublika rahbari Ashxobodda joylashgan Annaniyoz Ortiq nomidagi 68-umumta’lim maktabi qoshidagi saylov uchastkasida ovoz bergan. Gurbanguli Berdimuhamedov saylov uchastkasiga nogironlar aravachasidagi 85 yoshli onasi bilan kelgan. Ovoz berishdan keyin Prezident jurnalistlar va saylov komissiyasi a’zolari bilan suhbatlashgan. 

Berdimuhamedov respublikada bo‘lib o‘tayotgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovini tarixiy deb atagan. 

“Bugun tarixiy prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqimiz yangi Prezidentni saylamoqda”, degan u jurnalistlarga. 

Berdimuhamedov saylovlar ochiq, teng huquqli, demokratik va qonuniy asosda o‘tayotganini ta’kidlagan. 

“Kelajakda mustaqil yurtimiz ravnaq topishiga ishonamiz”, degan u. 

Shuningdek, uning o‘g‘li, Turkmanistonning hukmron Demokratik partiyasidan nomzod Sardor Berdimuhamedov ham shu saylov uchastkasida ovoz bergan. 

Saylov haqida 

Respublika prezidentligi uchun to‘qqiz nomzod, jumladan, amaldagi Prezidentning o‘g‘li, Turkmaniston hukmron Demokratik partiyasidan nomzod, Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Sardor Berdimuhamedov kurashmoqda. Ovoz berish 07:00 da boshlandi va kechki 19:00 gacha davom etadi. Mamlakat bo‘ylab 2577 ta saylov uchastkasi ochilgan, 41 tasi respublika tashqarisida. Ularning hammasi bo‘lib 3,4 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan. Muddatidan oldin ovoz berish 2 martdan 11 martgacha bo‘lib o‘tgan. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, unda saylovchilarning 7,9 foizi ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Turkmaniston

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing