Bugun Surxondaryo va Toshkentda chang-to‘zon ko‘tariladi
Bu qiziq
−
09:13 847 1 daqiqa
Bugun, 22 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Surxondaryo viloyati va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21–24 iyul kunlari kutilgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi