Bugun Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga boradi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 sentyabr kuni Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda mamlakat yetakchisining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining tashrif vaqti 23-24 sentyabr kunlariga belgilangan. Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. 

Bildirilishicha, Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, safar doirasida Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 2025 yilning 15 aprel kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing