Bugun Shahram G‘iyosov va 3 nafar bokschi ringga ko‘tariladi
Sport
−
29 oktabr 2021 9219 1 daqiqa
Ayni kunlarda Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 29 oktyabr kuni 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi:
52 kg: Shaxobiddin Zoirov – Tamir Galanov (Serbiya) (16:10 dan so‘ng)
92 kg: Madiyor Saidraximov – Vladislav Smiaglikov (Bolgariya) (19:15 dan so‘ng)
60 kg: Abdumalik Xalakov – Jasin Lyama (Makedoniya) (21:25 dan so‘ng)
71 kg: Shahram G‘iyosov – Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston) (23:00 dan so‘ng)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbek bokschilarining bugungi ishtirokini yakunlab bergan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (67 kg) Falastin vakili Ahmed Xarara bilan “hisob-kitob” qildi va katta ustunlik bilan g‘alabaga erishdi. Mo‘ydinxo‘jayev keyingi bosqichda yaponiyalik Sevonret Okazavaga qarshi ringga ko‘tariladi. Farg‘onalik bokschi ilk jangida irlandiyalik Brendan Makkiverni mag‘lub etgan.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr