Bugun “Nasaf” tarixda ilk bor O‘zbekiston chempioni bo‘lishi mumkin
Sport
−
01 noyabr
6276Bugun, 1 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 23-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Mazkur tur doirasida Qarshining “Nasaf” klubi safarda “Lokomotiv” bilan bahs olib boradi.
Yuqori Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” stadioni mezbonlik qiladigan bahsda qarshiliklar zafar quchsa, o‘z tarixda ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanadi. Bundan tashqari, "ajdarlar" chempionat yakunlanishiga 3 ta tur qolgan bo‘lsa ham, g‘oliblikni rasmiylashtiradi.
Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari mamlakat chempionatining ortda qolgan 22 turidan keyin 49 ochko bilan o‘zining eng yaqin ta’qibchisi Olmaliqning OKMK jamoasidan 10 ochko ilgarilab ketgan.
Qayd etish joiz, 2002 yildan buyon O‘zbekiston chempionatida Toshkent shahri klublari g‘olib bo‘lib kelayotgandi, “Nasaf” bugun poytaxt klublarining 22 yillik gegemoniyasiga barham berishi mumkin.
“Nasaf”-“Lokomotiv” o‘yini soat 16:00 da boshlanadi.
LiveBarchasi