Bugun mavsumning birinchi “El klasiko”si bo‘lib o‘tadi

Sport

image

Bugun, 26 oktyabr kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida turnir peshqdamlari “Real” va “Barselona” klublari o‘zaro to‘qnash keladi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, jamoalar o‘zaro 258-marta to‘qnash keladi. Sport olamida “El klasiko” nomi bilan mashhur bo‘lgan klassik o‘yinda “Real Madrid” 106 marta, “Barselona” esa 100 marta g‘alaba qozongan. Tomonlar o‘rtasidagi 51 ta o‘yinda durang qayd etilgan.

Hozirga kelib La Liga turnir jadvalida “Barselona” 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, “Real” esa 24 ochko to‘plab, 2-pog‘onani band etgan. 

Qayd etish joiz, mazkur bahs “Real”ning yangi futbolchisi Killian Mbappe uchun faoliyatidagi birinchi “El klassiko” hisoblanadi. Shuningdek, “Barselona”ning germaniyalik bosh murabbiyi faoliyatida birinchi marta mumtoz to‘qnashuvning ishtirokchisi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, “Real”-“Barselona” bahsi 23:55 da boshlanadi. Uchrashuvni Xose Mariya Sanches Martines boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real El klasiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing