Bugun Kapadze O‘zbekiston terma jamoasida debyut qiladi

Sport

image

Bugun, 27 yanvar kuni Qatarda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in doirasida Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

43 yoshli Temur Kapadze terma jamoa bosh murabbiyi sifatida futbolchilarni maydonga olib tushadi. Mazkur yig‘inga asosan mahalliy, ya’ni O‘zbekiston chempionatida to‘p tepuvchi yigitlar jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Iordaniya o‘yiniga Doha shahridagi “Abdulloh bin Xalifa” stadioni mezbonlik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Temur Kapadze terma jamoa ustoziga aylangach, rahbariyat tomonidan o‘ziga qanday vazifalar qo‘yilgani borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qatar Temur Kapadze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing