Bugun qariyb 650 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 sentyabr soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 206 nafarga ortib, 51 640 nafarni tashkil etmoqda. Bugun jami 648 ta yangi holat aniqlandi. 

Yangi kasallanish holatlari: 

- 106 nafari Toshkent viloyatida;
- 100 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida yashagan 56 yoshli O‘.B. (erkak) hamda 77 yoshli R.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Bugun jami o‘limlar soni 6 ta bo‘ldi 

Bugun Toshkent shahrida 436 nafar, Toshkent viloyatida 119 nafar, Namangan viloyatida 48 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Qashqadaryo viloyatida 13 nafar, Samarqand viloyatida ham 13 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, 47 932 (+661) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 275 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing