Bugun Italiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella 9-11 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekictonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

“Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining joriy yil iyun oyidagi Italiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Prezident Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurib, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Italiya Prezidenti Serjo Mattarella Janubiy Koreya va O‘zbekistonga safar qilishi rejalashtirilgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing