Bugun G‘azoda 70 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 19 iyul kuni Isroil zarbalari oqibatida G‘azo sektorida kamida 70 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda anklavdagi shifoxona manbalariga tayanib, “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida gumanitar yordam olish uchun taqsimot markazlari yonida kutib turgan 36 nafar fuqaro ham bor.

Qayd etilishicha, kecha, 18 iyul kuni ham G‘azoga uyushtirilgan zarbalar oqibatida 51 falastinlik halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida oziq-ovqat yordamini kutayotgan 14 fuqaro ham bor. 

Telekanal ma’lumotlarga tayanib, butun blokadadagi hududda shifoxonalarga tushayotgan, ochlikdan aziyat chekayotgan falastinliklar soni keskin oshganini qayd etgan. Qo‘shimcha qilinishicha, Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi 2,1 million aholi ochlik yoqasida qolmoqda.

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining so‘nggi byulletenida Isroilning G‘azoga qarshi urushida 2023 yil 7 oktyabrdan beri kamida 58 765 kishi halok bo‘lgani, 140 485 kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Joriy yil 18 mart kuni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilganidan beri 7938 kishi halok bo‘ldi va 28444 kishi yaralandi. Vazirlik, shuningdek, so‘nggi 48 soat ichida Isroil hujumlarida 98 kishi halok bo‘lgan va 511 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azodagi yordam punktlarida va boshqa yordam guruhlari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan boshqariladigan konvoylarda so‘nggi olti hafta ichida kamida 875 o‘lim qayd etilgandi. Halok bo‘lganlarning aksariyati G‘azo gumanitar jamg‘armasi ob’ektlari yaqinida, qolgan 201 kishi esa boshqa yordam karvonlari yo‘lida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing