AQSHda ko‘pchilik saylovchi bu yilgi saylovlarda Tramp g‘alabasiga ishonmoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolarining 65 foizi bu yilgi prezidentlik saylovida Oq uyning amaldagi rahbari Donald Tramp g‘alaba qozonishiga ishonadi. Bu haqida bugun, 24 fevral kuni "SBC News" nashri xabar bermoqda.

"YouGov" portalida o‘tkazilgan so‘rov natijalarga ko‘ra, Respublikachilar partiyasi tarafdorlarining 90 foizdan ortig‘i Trampning qayta saylanishiga ishonadi. Demokratlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i saylov shunday natija bilan tugashini kutmoqda.

Saylovchilarning fikriga ko‘ra, AQSH Demokratik partiyasidan birorta ham nomzod ovozlarning to‘rtdan bir qismini olishga qodir emas. Prognozlarga ko‘ra, senator Berni Sanders ko‘pi bilan 27 foiz natijaga erishadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, demokratlarning o‘zlari Demokratik partiya nomzodlarining yutish imkoniyatlarini Respublikachilar partiyasidagi raqiblariga qaraganda ancha past deb hisoblashmoqda.

Avvalroq, demokratlardan prezidentlikka nomzod, senator Berni Sanders Nevada shatitidagi debatlarda g‘alaba qozongan edi. Shu bilan u prezidentlik saylovlarining yakuniy bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. 

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing