Bugun FIFA 2023 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlaydi

Sport

image

Bugun, 15 yanvar kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyasining (FIFA) “The Best Football Awards – 2023” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi e’lon qilinadi.

Uch nafar futbolchi 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun yakuniy nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. Bular “Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland va Fransiyaning PSJ futbolchisi Kilian Mbappe sanaladi.

Qayd etish joiz, marosimda yana turli xil nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlanadi. Shuningdek, yilning eng yaxshi futbol murabbiyi sovrini ham o‘z egasini topadi. Eng yaxshi murabbiy sovrini uchun Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”), Simone Inzagi (“Inter”) va Luchano Spaletti (“Napoli”, Italiya terma jamoasi) kurash olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Kilian Mbappe Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing