Bugun Fayzullayev Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishi mumkin
Sport
−
29 Oktabr
4984Bugun, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
Marosimda 2023 yilgi yirik musobaqalar, xususan, Osiyo kubogi 2023 va futzal bo‘yicha Osiyo kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchi, murabbiy va rasmiylar taqdirlanadi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi ayol futbolchi mukofotlaridan tashqari, murabbiylar, a’zo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalarning yutuqlari e’tirof etiladi. Ushbu oqshomda jami 21 nafar g‘oliblar taqdirlanishi belgilangan.
O‘zbekistonlik sportchilar ham mukofotga da’vogarlik qilayotgan nomzodlarning yakuniy uchligidan o‘rin olgan. Xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev qit’aning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston futzal terma jamoasi a’zosi Dilshod Rahmatov esa Osiyoda yilning eng yaxshi futzalchisi bo‘lish uchun kurash olib boradi.
G‘olib nomi marosim davomida aniq bo‘lishi ma’lum qilingan. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.
LiveBarchasi