Bugun YeCHLda finalga teng bahs

Tahlil

image

Bugun tunda Myunhenda “Allianz arena” YeCHLning eng qizg‘in bahslaridan biriga mezbonlik qiladi. Mavsum boshidagi omadsizliklarni ortda qoldira olgan “Bavariya” Kloppning quvnoq jamoasi “Liverpul”ni qabul qiladi.

CHLning o‘tgan yilgi finalchilari o‘z uyida nemislarni mag‘lub eta olmagan edi. Tomonlar 0:0 hisobidagi durrangni saqlab qolgan edi o‘sha bahsda. Ekspertlarning fikricha, bugun ham ikki jamoaning imkoniyati teng. Lekin baribir Yevropaning eng qiziqarli turniri bugun bitta grand bilan xayrlashadi.

Ingliz jurnalistlari Yurgen Klopp Premer ligani yutish uchun, YeCHLni qurbon qilishi mumkin deb hisoblamoqda. Sababi “Liverpul” keyingi bosqichga chiqadigan bo‘lsa, katta klublarga qarshi o‘yinlar soni ortib ketadi. Bu esa mavsum yakunida jamoada charchoqni keltirib chiqarishi mumkin. Yakuniy pallada APLda kurash qizg‘in kechishini hisobga oladigan bo‘lsak, chempionlik uchun kurashayotgan va deyarli 30 yildan beri chempionlikni orzu qilayotgan liverpulliklar uchun charchoq muammoga aylanishi mumkin.

“Bavariya”ga to‘xtaladigan bo‘lsak, ayni paytda nemislarning “oshig‘i olchi”. Ular masum boshida Bundesligada, go‘yoki, yetib bo‘lmaydigan marra deb hisoblanayotgan “Borussiya Dortmund”ga yetib olib, jadvalda ulardan oldinda turibdi. Qolaversa, futbolchilar ham hozirda yuqori formada bo‘lib turishibdi. 

Ayni sabablarga ko‘ra, “Bavariya” klubi biroz ustundek ko‘rinayotgan bo‘lsada, mag‘lub bo‘lishni yoqtirmaydigan ingliz jamoasi bugun shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga chiqishmaydi. Xullas, bugun finaldan oldingi final! Lekin uning g‘olibini kubok emas, yangidan-yangi sinovlar kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Liverpul'

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing