Hafta davomida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
16 dekabr 2019
8151Gidrometeorologiya xizmati markazi 17-20 dekabr kunlari O‘zbekistonda qanday ob-kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 dekabrda -10...-5 daraja, 18-20 dekabrda
-2...+3 darajagacha ko‘tariladi, kunduzi 17-19 dekabrda +3...+8 daraja, 20 dekabrda +5...+10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...+3 daraja, 18 dekabrda 0...+5 daraja bo‘ladi, kunduzi 17 va 20 dekabrda +5...+10 daraja, 18-19 dekabrda +3...+8 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 17 va 20 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 va 20 dekabrda -2...+3 daraja, 18-19 dekabrda 0...+5 daraja bo‘ladi, kunduzi 17 dekabrda +8...+13 daraja, 18-19 dekabrda +3...+8 daraja, 20 dekabrda +5...+10 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 dekabrda 0...+5 daraja, 19 dekabrda -2...+3 daraja bo‘ladi, kunduzi 17 dekabrda +10...+15 daraja, 18-20 dekabrda +5...+10 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-18 dekabrda -5...0 daraja, 19-20 dekabrda -2...+3 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, 17 va 20 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18-19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 dekabrda -8...-3 daraja, 18-20 dekabrda -5...0 daraja, kunduzi -2...+3 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi