Bugun 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi

Sport

image

Bugun, 9 aprel kuni Mongoliyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final bahslari boshlanadi. Dastlabki kungi final bahslarida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘oliblik uchun ringga tushadi.

Dastlab -75 kg vazn toifasida Aziza Zokirova xitoylik Bao Sziga qarshi ringga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 11:45 da boshlanadi. Oradan 15 daqiqa o‘tib yana bir o‘zbekistonlik, -80 kg vazn toifasidagi Ruxshona Parpiyeva Nadejda Ryabetsga qarshi g‘oliblik uchun jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakillaridan -57 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova va -60 kg vazn toifasida Abdurahmon Mahmudjonov final ostonasida mag‘lub bo‘lib, bronza medallariga ega chiqqandi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

boks oltin medal' final

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing