Bugun Husanov va “Siti” “Kristal Pelas”ni mehmon qiladi

Sport

image

Bugun Angliya Premer-ligasi 32-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” o‘z uyida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi. Ushbu o‘yinda “shaharliklar” safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda.

YeCHL uchun kurashayotgan “Siti”

Omadsiz mavsumni boshdan kechirayotgan “shaharliklar” chempionlik uchun emas, balki Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmalari uchun kurashayotgani hayron qoldiradi. Ushbu yo‘llanmani qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Chunki “Manchester Siti” ayni vaqtga kelib APL turnir jadvalida 52 ochko jamg‘argan holda 6-pog‘onada joylashgan. Eng yaqin ta’qibchisi “Aston Villa” manchesterliklardan 1 ochko kam to‘plagan xolos va 7-o‘rinda bormoqda. “Manchester Siti”dan oldinda 53 ochkodan jamg‘argan “Nyukasl” va “Chelsi” mos ravishda 5 hamda 4-o‘rinlarni band etgan. Yaqindagina tarqalgan xabarlarga ko‘ra, keyingi mavsumda Angliyadan 5 ta jamoa Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi va bu yuqorida sanab o‘tilgan klublar uchun katta motivatsiya bo‘ldi.

Husanov asosiy tarkibdan joy oladimi?

Bir necha o‘yindan beri zaxira o‘rindig‘idan joy olib kelayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “Kristal Pelas”ga qarshi maydonga tushish ehtimoli yuqori. Chunki Husanovning zaxirada qolishi, uning o‘rniga tushayotgan Niko O’reyli chap qanotda o‘ynaydi va chap qanotdagi Yoshko Gvardiol majburan markaziy himoyaga o‘tkazilgan edi. Albatta, xorvatiyalik himoyachi bir necha mavsumdan beri chap qanotda o‘ynamoqda va bu pozitsiyaga ancha moslashib qolgandi. Shunday ekan, Husanovning markaziy himoyaga qo‘yilishi Gvardiolga erkinlik yaratadi. 

Taxminiy tarkiblar

Har bir uchrashuvga bo‘lgani kabi bir nechta portallar “Manchester Siti” ning “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yin uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi.

“90 min” nashri talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” tarkibi.

Ederson, Nunes, Diash, Husanov, Gvardiol, Niko, Gyundogan, Savino, Foden, Doku, Marmush.

“One football” nashri talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti” tarkibi.

Ederson, Lyuis, Diash, Husanov, Gvardiol, Niko, De Bryuyne, Bernardu, Grilish, Doku, Marmush.

“Sportsmole” nashri talqiniga ko‘ra “Manchester Siti” tarkibi.

Ederson, Nunes, Diash, O’reyli, Gvardiol, Niko, Gyundogan, Savino, De Bryuyne, Doku, Marmush.

Yuqoridagi ikki portal o‘zbekistonlik himoyachini asosiy tarkibda taxmin qilmoqda va bu aynan Gvardiolning chap qanotda o‘ynashi va unga erkinlik berilishi bilan bog‘liq. Albatta, asosiy tarkib bilan bog‘liq so‘nggi qarorni murabbiy Pep Gvardiola chiqaradi.

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti” - “Kristal Pelas” o‘rtasidagi o‘yin bugun, 12 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Angliya Prem'er-ligasi Kristal Pelas Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing