Bugun ham ba’zi joylarda changli g‘ubor kuzatiladi
Jamiyat
−
05 noyabr 2021
8370Bugun, 5 noyabr kuni ham O‘zbekistonning ba’zi hududlarida changli g‘ubor kuzatiladi. Kunduz kuni quruq va salqin ob-havo kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Changli g‘ubor kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi.
Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.
LiveBarchasi