Buffon PSJda yana bir yil qoladi
Sport
−
16 may 2019 5612 1 daqiqa
PSJ klubi rahbariyati Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffonga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Buni futbolchining o‘zi ham tasdiqladi.
“Klub menga yangi shartnoma taklif qilayotganligidan xursandman. Bu men uchun juda yoqimli holat. Biz yaqin kunlarda kelajagimni muhokama qilish uchun uchrashamiz”, deb aytib o‘tgan Buffon.
Ma’lumot uchun, kiper Parijga 2018 yilning yozida Turinning “Yuventus” klubidan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsumda PSJ tarkibida Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr