Bu yilgi kuz faslida sharfni to‘g‘ri o‘rash qoidalari bilan tanishing

Foydali

image

Kuz fasli o‘z hukmronligini boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi. Odatda, O‘zbekistonda kuz fasli boshida ob-xavo iliq, ko‘p hollarda issiq bo‘ladi. Sentyabr oyining o‘rtalariga borib, havo salqinlashadi. Shunda,garderobingizdagi issiq havoga moslashtirilgan kiyimlar o‘rnini qalin kiyimlar va aksessuarlar(shapka,sharf,qo‘lqop) egallay boshlaydi.

Kuz-qish mavsumida garderobingizda bo‘lishi zarur bo‘lgan aksessuarlardan biri sharfdir. 

Uni juda sovuq kunlarda qalin kurtkalar bilan, iliq kunlarda esa charm kurtka yoki palto bilan o‘rash mumkin. Quyida uni qanday to‘g‘ri o‘rash haqidagi maslahatlar bilan tanishing

Qalin kurtka bilan sharf

Har safar kapyushonli kurtkalar bilan sharf o‘ralganda, savol tug‘iladi: sharfni qanday qilib to‘g‘ri o‘rash mumkin? Sharfni kurtka ichidan o‘rash sizni issiq tutadi, lekin zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lish uchun uni kapyushon tagidan o‘rashingiz kerak. Och sariq, yalpiz rangli, upa rangli sharflar qishning qalin kurtkasini yorqinlashtiradi. 

Charm kurtka bilan sharf

Hozirgi iliq kunlarda sharfni qora charm kurtka bilan taqishingiz mumkin. U yorqin rangda bo‘lgani yaxshiroq. Masalan, to‘q sariq yoki pushti. Siz uni katta tugun qilib bog‘lashingiz yoki sharfning uzun qismini belingizga tashlashingiz mumkin. 

Dublyonka bilan sharf 

Teridan tayyorlangan po‘stin bilan to‘qilgan sharflar mos tushadi. Sharfni po‘stin rangi bilan bir xil qilib taqishingiz foydadan xoli bo‘lmaydi. Sharf va po‘stin klassik qora rangda bo‘lsa, ko‘rinishingiz yanada mukammallashadi. 

Palto bilan sharf

Palto ustidan sharf o‘rab olish juda zerikarli ko‘rinish. Hozirgi mavsumda "streetstyle" uslubida kiyinuvchilar uzun sharflarni lenta singari bog‘lab olishmoqda. Tanlagan sharfingizda katta-katta yozuvlar bo‘lsa, ko‘rinishingiz yanada e’tibor tortadi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Moda

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar