Bu yil paxta terimida qanchadan haq to‘lanadi?

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig “2019 yil hosili paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan 2019 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini terib olishda:

•    paxta xom ashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 500 000 so‘m xizmat haqi to‘lash;

•    paxta xom ashyosining qo‘lda terilgan 1 kilogrammi uchun birinchi terimda o‘rta tolali paxta navlari uchun – 800 so‘mdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1000 so‘mdan, ikkinchi terimda o‘rta tolali paxta navlari uchun – 1000 so‘mdan, uzun tolali paxta navlari uchun – 1400 so‘mdan mehnat haqi to‘lash;

•    paxta yig‘im-terimi mavsumida terim otryadi rahbarlari hamda Sirdaryo viloyatida tashkil etilayotgan dala markazlarining rahbarlari (menedjerlari)ga istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat haqi to‘lash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda paxta xom ashyosining qo‘lda terilgan 1 kilogrammi uchun naviga qarab 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha haq to‘langandi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta

Baholaganlar

129

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing