Bu yil nechta bolaga “Prezident sovg‘asi” topshiriladi?

Jamiyat

image

Joriy yil “Prezident archasi”da 11 mingga yaqin bolalarga “Prezident sovg‘asi” taqdim etiladi. Bu yil “Prezident sovg‘asi”ning tarkibida ham ўзгариш bo‘ldi. 

O‘tgan yili bolalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan 11 nomdagi o‘quv qurollari va 17 nomdagi shirinliklardan iborat sovg‘a taqdim etilgan edi. Bu yil esa “Prezident sovg‘asi”dan maxsus sovg‘alar qopchig‘i bilan 6 nomdagi o‘quv qurollari, 20 nomdagi shirinliklar, yumshoq o‘yinchoq va shaxmat joy olgan.

26 dekabr kuni avtotransportda Toshkent shahri (2334 dona), Toshkent (1260 dona), Sirdaryo (274 dona), Jizzax (346 dona) viloyatlariga jami 4214 dona “Prezident sovg‘a”si olib boriladi. 

Bundan tashqari, 25-28 dekabr kunlari 6428 dona “Prezident sovg‘a”si “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 9 ta viloyatga yetkaziladi.

“Prezident sovg‘a”si 29 dekabr kuni o‘tkaziladigan “Prezident archasi” tadbirida bolajonlarga mahalliy hokimliklar va Respublikadan biriktirilgan vakillar ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda har yili Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3-15 yoshli farzandlari uchun “Prezident archasi” bayram tantanalari tashkil etiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident sovg'asi

Baholaganlar

82

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing