Bu yil qancha bolaga “Prezident sovg‘asi” beriladi?

Jamiyat

image

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan 3-15 yoshdagi bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun 11 000 dona “Prezident sovg‘asi” tayyorlanib hududlarga yuborildi.

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Prezident sovg‘asi” tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o‘quv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan.

“Prezident sovg‘asi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, viloyatiga “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali va qolgan viloyatlarga avtotransport orqali yetkaziladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan hozirlangan sovg‘alar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi “Prezident archasi” tadbirlari COVID-2019 virusi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda bolalar sog‘ligini asrash maqsadida karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident sovg'asi

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing