Bu yil Haj ziyorati bekor qilinishi mumkin
Olam
−
03 aprel 2020
10452Saudiya Arabistoni podshohligi Haj ziyoratini amalga oshirish niyatida bo‘lgan musulmonlarga joriy yil Haj ziyorati bekor qilinishi yuzasidan ishora berdi. Agar bu yil Haj ziyorati bekor qilinsa, bu 1450 yillikdagi ushbu muqaddas ziyoratning qirqinchi bor bekor qilinishi bo‘ladi. Bu haqda Haber7.com yozmoqda.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra ziyorati vaziri Muhammad Solih bin Tohir Banten Haj ziyoratini amalga oshirishni rejalashtirayotgan musulmonlarga “shartnomalarni imzolashdan avval kutishlari kerak”ligini ma’lum qildi. “Dunyoning to‘rt nuqtasidagi musulmon qardoshlarimizdan vaziyat barqarorlashgunga qadar kutishlarini so‘raymiz”, deydi vazir.
Joriy yilning iyul oyida dunyo bo‘ylab 3 million kishi muqaddas Islom dinining besh shartidan biri bo‘lgan Haj amalini ado etish uchun Makkayu Mukarramani ziyorat qilishi kutilmoqda. Ziyoratchilar soni mahalliy xalq va Saudiya Arabistonidagi muhojirlar bilan 4 millionga yetishi mumkin.
“Ayni vaqtda Allohdan bizni ushbu pandemiyadan qutqarishini so‘rayotganimizda, Qirollik musulmonlar va fuqarolarining salomatligini saqlashni o‘ylaydi”, deydi Muhammad Solih bin Tohir Banten.
Qayd etish o‘rinliki, Saudiya Arabistoni Qirolligi koronavirus infeksiyasi keng yoyilishining oldini olish maqsadida Makka va Madina shaharlarida kecha, 2 apreldan e’tiboran ko‘chaga chiqishni taqiqladi. Qarorga ko‘ra, ikki shahar fuqarolari soat 06:00 dan 15:00 ga qadar oziq-ovqat va boshqa shaxsiy ehtiyojlar uchun faqat mahallalariga chiqishlari mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar 2039 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 25 nafari vafot etgan, 351 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi