Bu yoz AQSH uchun nimasi bilan xavfli bo‘ladi?

Olam

image

Qo‘shma Shtatlarda bu yoz, ayniqsa, juda xavfli bo‘ladi. Bu  koronavirus pandemiyasi, qora tanli Jorj Floydning o‘limi, politsiya bilan kelishmovchilik, shuningdek, Prezident saylovlari bilan bog‘liq mashmashalarga tufaylidir.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda koronavirus pandemiyasi davrida qurol-yarog‘ savdosining kuchayishi qayd etilgan. Bu mamlakatdagi kayfiyatni yomonlashtiradi, chunki fuqarolar allaqachondan beri o‘zlarini xavfsiz his qilmayapti.

Amerika qurolli zo‘ravonlik arxivi (Gun Violence Archive) ma’lumotlariga ko‘ra, otish yoki pichoqlash natijasida o‘lganlar soni o‘tgan yildagi statistikadan oshib ketgan.

Arxiv mutaxassislarining fikriga ko‘ra, AQSH aholisi dunyo iqtisodiyotini larzaga keltirgan va barchani uzoq vaqt o‘z-o‘zini yakkalanishga majbur qilgan koronavirus pandemiyasidan juda charchagan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari va jamoatchilik o‘rtasida kelishmovchiliklar kuchaygani “jamiyat sabr kosasini to‘ldirgan”.

"Har bir inson pandemiya davrida sarosimaga tushib qoldi. Jorj Floydning o‘ldirilishidan keyin bizda g‘azab va qayg‘u paydo bo‘ldi. Eshiklar ochilishi bilanoq, zo‘ravonlik kuchayishi mumkin", dedi Vashingtondagi Universitetning huquqni muhofaza qilish va jinoiy odil sudlov professori Jeyms Densli.

Good Kids Mad City giyohvand moddalarni nazorat qilish tashkiloti vakili Kofi Ademolaning so‘zlariga ko‘ra, politsiya mablag‘larini uy-joy, ruhiy salomatlik va zo‘ravonlik dasturlariga yo‘naltirgan ma’qul. "Agar siz adolatni tiklashga va jamiyatingizni o‘z muammolaringizni hal qilishni o‘rganishga yo‘naltirsangiz, politsiya aralashuviga ehtiyoj sezmayotganingizni tobora ko‘proq sezasiz", dedi u.

Shimoliy-sharqiy universitetning kriminologi Jeyms Alan Foksning ta’kidlashicha, 2020 yilda ommaviy otishmalarga asosiy sabab “infeksiya”ning ta’siri bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing