“Bu — shartnomani buzish”. Germaniya Putinning qaroriga e’tiroz bildirdi
Olam
−
24 mart 2022
25447Rossiyaning “do‘st bo‘lmagan” mamlakatlarga gaz uchun rublda to‘lov qilish bo‘yicha talabi tuzilgan shartnomaga ziddir. Bu haqda Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Gabek ta’kidlagan.
“Rublda to‘lash talabi shartnomani buzish hisoblanadi. Bunga bizning munosabatimiz qanday bo‘lishi haqida yevropalik hamkorlar bilan maslahatlashamiz”, deya izoh bergan Robert Gabek.
Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yil dekabr oyidan beri Rossiya ishonchli hamkor emasligi ma’lum bo‘lgan va hozir hukumat muqobil yetkazib beruvchilarni faol ravishda izlamoqda.
Bundestag Tashqi ishlar qo‘mitasi rahbari Norbert Ryottgenning aytishicha, Kremlning bu harakati Yevropa kompaniyalarini markaziy bank orqali yevro yoki dollarni rublga almashtirishga undaydi, bu esa sanksiyalarni puchga chiqaradi.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 23 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “do‘st bo‘lmagan mamlakatlar”ga yetkazib beriladigan Rossiya tabiiy gazi uchun to‘lovni faqat rublda qabul qilish haqida ko‘rsatma berdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15