Bu odam hokimiyatda qolmaydi – Bayden yana Putinga “tosh otdi”

Olam

image

Rossiya hech qachon Ukraina ustidan g‘alaba qozonolmaydi va Kreml rahbari Vladimir Putin hukumatda qola olmaydi. Bu haqda AQSH rahbari Jo Bayden u Polsha-Ukraina chegarasiga tashrifi chog‘ida so‘z ochgan

"Ukraina hech qachon Rossiyaning g‘alabasi bo‘lmaydi, chunki erkin odamlar zulmat va umidsizlik hukm surayotgan dunyoda yashashdan bosh tortadilar. Bizni boshqa, demokratiya va tamoyillarga, umid va yorug‘likka, odob va qadr-qimmatga, erkinlikka asoslangan yorqin kelajak kutmoqda. Xudo haqqi bu odam hokimiyatda qola olmaydi”, deydi Bayden. 

Shundan so‘ng, AQSH ma’muriyati Amerika Prezidenti Jo Baydenning Varshavadagi so‘zlarini tushuntirib, u Rossiyada hokimiyatni o‘zgarish niyatida emasligi haqidagi bayonot bilan chiqqan. 

"Jo Bayden Prezident Putinga qo‘shni davlatlarga, mintaqaga o‘z vakolatlarini kengaytirish imkoniyati berilmasligi kerakligini aytmoqchi edi. U Putinning Rossiyadagi hokimiyatini shubha ostiga qo‘ymadi va hokimiyatni o‘zgartirish haqida gapirmadi", deya yozgan G‘arb ommaviy axborot vositalari o‘zini oshkor qilmagan Oq uy vakilidan iqtibos keltirgan holda.

Avvalroq, Jo Bayden Vladimir Putinni “qassob” deb atagandi. 

Bundan tashqari, Oq uy rahbari Polsha-Ukraina chegarasiga tashrifi chog‘ida ikkinchi bor Vladimir Putinni harbiy jinoyatchi deb atagandi. 

Bayden bu atamani birinchi marta 16 mart kuni Rossiya yetakchisiga nisbatan ishlatgandi. U Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda shunday bayonot bergan. “Fox News” muxbiri Amerika yetakchisidan Putinni harbiy jinoyatchi deyishga tayyormisiz, deb so‘raganida, Bayden avvaliga salbiy javob bergan va xonani tark etgan. Biroq, u keyin qaytib kelib, “U harbiy jinoyatchi”, deb javobini o‘zgartirgan. Ertasi kuni u Putinni “qotil diktator” va “bandit” deb atagan.

RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bayden Putinga nisbatan haqoratga o‘tayotganini ta’kidlab, Kreml bunga munosabat bildirmasligini qo‘shimcha qilgan. Har qanday munosabat Bayden tomonidan bildirilayotgan yanada dahshatli ayblov bilan qarshilashishi qayd etilgan.

Shuningdek, Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin dono siyosatchi bo‘lgani uchun AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘zi haqidagi nomaqbul bayonotlariga javob qaytarmayapti.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Baydenning Putinga qarshi ayblovlari AQSH-Rossiya munosabatlarini jar yoqasiga keltirib qo‘ygani haqida ogohlantirdi. Tashqi ishlar vazirligi bunday bayonotlar qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing