Bu mening so‘nggi Jahon chempionatim – Ronaldu
Sport
−
06 iyul 8653 1 daqiqa
Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Krishtianu Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Ha, bu mening so‘nggi Jahon chempionatim. Endi undan zavq olishim kerak”, dedi Ronaldu.
41 yoshli futbolchi matbuot anjumanida faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga ham javob berdi.
“Men istagan paytimda faoliyatimni yakunlayman, siz istagan paytda emas”, dedi Ronaldu.
Portugaliya terma jamoasi bugun, 6 iyul kuni Jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Ronaldu sardorligidagi terma jamoa mundial guruh bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lib, o‘zaro bahsda 5:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2022 yil dekabr oyidan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Faoliyati davomida Ronaldu Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Ispaniyaning “Real Madrid” va Italiyaning “Yuventus” klublarida ham to‘p surgan. Shuningdek, Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibidir.
Live
Barchasi