Bu men uchun oxirgi Amerika kubogi bo‘ladi – Messi

Sport

image

2024 yilgi Amerika kubogi Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi uchun faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini aytdi. Bu haqda futbolchining o‘zi “Mundo Deportivo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Haqiqat shuki, Amerika kubogi biz uchun qiyin bo‘ldi, chunki jamoalar har qachongidan ham kuchaygan, maydonlar holati esa juda yomon, harorat issiq... Men uchun bu oxirgi Amerika kubogi bo‘ladi. Di Mariya va Otamendi bilan so‘nggi Jahon chempionatini ham o‘tkazdik va hozirda ular bilan birga to‘p tepishdan zavqlanyapman”, deydi Messi.

Lionel Messi sardorlik qiladigan Argentina terma jamoasi 2024 yilgi kubok finalida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turnirning final uchrashuvi 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 5:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi Amerika kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa 2021 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan turnirda g‘olib chiqdi. Finalda Argentina terma jamoasi vinger Anxel Di Mariyaning goli evaziga Braziliyani minimal 1:0 hisobida mag‘lub etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina Amerika kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing