Bu isterika – Vlodin Putinni hibsga olish haqidagi orderga munosabat bildirdi

Olam

image

Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Xalqaro jinoiy sudning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berish haqidagi qarorini G‘arb uchun “isterika” deb atadi. 

“Yankilar (yangi angliyaliklarning laqabi; keyinchalik – shimoliy shtatlar, kengroq ma’noda – umuman Qo‘shma Shtatlar aholisi), qo‘llaringizni Putindan olinglar! Gaagadan yangragan bema’ni gaplar bir narsani aytadi: G‘arb isterikasi. O‘zga sayyoralik Gaaga sudining hujjatlari Rossiyaga taalluqli emas”, deydi Volodin. 

Shuningdek, u, Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga qilingan har qanday hujumni mamlakatga qarshi tajovuz deb bilishini aytgan. 

Uning ta’kidlashicha, Vashington va Bryussel sanksiyalar va dushmanlik harakatlarining barcha imkoniyatlarini tugatgan.  

“Ular Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini sindirib, mamlakatimiz iqtisodiyotini vayron qila olmadilar. Vashington va Bryussel yaxshi biladi: Putin borki Rossiya bor. Shuning uchun ular unga hujum qilishmoqda”, deya ta’kidladi Volodin. 

Uning ta’kidlashicha, Putinning kuchi xalqning qo‘llab-quvvatlashi va uning atrofida birlashishidadir. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. Hujjatda aytilishicha, ular aholini, jumladan, bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishdan iborat harbiy jinoyatlar va ularni Rossiyaga noqonuniy o‘tkazishga aloqador bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Xalqaro jinoiy sud 1998 yilgi Rim statutiga binoan tashkil etilgan. U BMT tarkibiga kirmaydi va nizomni ratifikatsiya qilgan davlatlar oldida javobgardir. Nizomning ishtirokchisi bo‘lmagan davlatlar orasida Rossiya (imzolangan, ammo ratifikatsiya qilmagan), AQSH (imzolangan, ammo keyinroq imzoni qaytarib olgan) va Xitoy (nizomni imzolamagan) bor.  2016 yilda Putin Rossiya XJTga a’zo bo‘lmasligi haqidagi farmonni imzolagan edi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu sud unga bildirilgan umidlarni oqlamadi va xalqaro adolatning haqiqiy mustaqil organiga aylanmadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vyacheslav Volodin Xalqaro jinoiy sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing