“Bu futbol uchun sharmandalik”. Shtegen “klasiko”dagi bahsli vaziyatga to‘xtaldi (video)

Sport

image

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen Lamin Yamalning 28-daqiqada “Real” darvozasiga yo‘llagan zarbasi bo‘yicha munosabat bildirdi.

Germaniyalik darvozabonning fikricha, bu lahza butun futbol olami uchun uyatlidir. Ter Shtegen La Ligada nima uchun maxsus gol aniqlash texnologiyasi yo‘qligidan hayronligini ma’lum qildi.

“Bu futbol sharmandalik. Nega darvoza chizig‘i texnologiyasi yo‘q? Bu sohada juda ko‘p pul bor, lekin aftidan, pullar muhim narsalar uchun sarflanmayapti”, deydi Mark-Andre Ter Shtegen.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida burchak to‘pidan so‘ng Lamin Yamal darvozaning pastki o‘ng burchagiga zarba berdi, ammo Andrey Lunin zarbani bartaraf etdi. Hakam to‘pning darvoza chizig‘ini kesib o‘tganiga shubha qildi, ammo VAR tizimi yordamida gol hisoblanmadi, biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim videolarda Yamalning zarbasi “qirollik klubi” darvozasi chizig‘ini kesib o‘tganini ko‘rish mumkin.

O‘yinda “Barselona” ikki marta oldinga chiqib oldi. Andreas Kristensen va Fermin Lopes gol urdi, biroq dastlab Vinisius Junior, keyin esa Lukas Vaskes ikki marta hisobdagi muvozanatni tikladi. Jud Bellingem 90+1-daqiqada gol urib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi – 3:2. “Real Madrid” “Barselona”dan 11 ochko oldinda va Ispaniya poytaxtiga chempionlikni qaytarishga yaqin turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Lamin Yamal Mark-Andre Ter Shtegen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing