16 yoshli bolalarga “prava” berish taklifiga rasmiy munosabat bildirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga fuqarolarga 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqidagi petitsiya joylashtirilgani xabar qilingandi.

IIV YHX Bosh boshqarmasi mazkur taklifga munosabat bildirib, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini ma’lum qildi.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda “A” toifadagi mototransport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 16 yoshga, “V” va “VS” toifaga ega bo‘lish uchun 18 yoshga hamda “D” toifaga ega bo‘lish uchun esa 21 yoshga (jumladan tramvay va trolleybuslar) to‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.

Ushbu normalar qaror loyihalari ishlab chiqilish jarayonida xorijiy davlatlarning tajribalari o‘rganilib kiritilgan va bu talablar Yo‘l harakati to‘g‘risidagi (1968 yildagi Vena Konvensiyasi) Konvensiya normalariga mosdir.

Qayd etilishicha, 16 yoshdan haydovchilik guvohnomasini berish tartibi joriy qilingan xorijiy davlatlar o‘rganib chiqilgan.

Xususan, Shvetsiya, Fransiya, Avstriya, Estoniya, Norvegiya va ayrim Yevropa davlatldarida huddi O‘zbekiston normativ hujjatlarda belgilanganidek 16 yoshda uncha katta bo‘lmagan mototsikllarni, 18 yoshda avtotransport vositasini boshqarishga ruxsat etiladi.

“16 yoshli bola hali maktab yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchisidir. Aynan ushbu yoshdagi bolalar o‘qishini davom ettirishi, boshqa ishlar bilan chalg‘imasligi, jamiyat uchun foyda keltiradigan bilimli insonlar bo‘lib ulg‘ayishlari zarur.

16 yoshli bolalarda tirishqoqlik, izlanuvchanlik bilan birga maqtanchoqlik, oliftalik kabi hislatlar ham eng avjiga chiqqan vaqt hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarning transport vositasini o‘zboshimchalik bilan boshqarishi salbiy oqibatlar bilan yakun topganligi holatlari uchramoqda.

16 yoshli bolalarda hali “Men” degan fikr so‘nmagan bo‘lishi, maqtanishni, “oliftalikni” yaxshi ko‘rishi, buning oqibatida esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik, mensimaslik yoki qasddan tengdoshlariga, do‘stlariga avtomobilini maqtanish uchun yo‘l harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkin, bu esa fojiali oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi YHXBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

YHXBB

Baholaganlar

232

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing