“Bu davlat boshqaruvi tamoyillarini buzish”. Rossiya YeIdagi fuqarolarini ogohlantirdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqida yashovchi yoki Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tashrif buyurgan Rossiya fuqarolari mobil qurilmalari tinglanishi mumkinligini hisobga olishlari kerakligini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda Yevropa Ittifoqida hech kim xorijiy razvedka idoralari tomonidan tinglashdan himoyalanganiga kafolat bera olmaydi. Biz Yevropa Ittifoqi hududida yashovchi yoki u yerda harakatlanayotgan Rossiya fuqarolarini axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda buni hisobga olishga qat’iy chaqiramiz”, deydi Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti direktori o‘rinbosari Ivan Nechayev.

Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, “qator Yevropa mamlakatlari – Polsha, Gretsiya va boshqalar rahbariyati Pegasus, Predator va boshqa, asosan, Isroilda ishlab chiqarilgan josuslik dasturlarini faol ishlatishgan”.

“Ular muxolifat, fuqarolik jamiyati, ishbilarmon doiralar, huquq faollari va jurnalistlarning istalmagan vakillarini tinglash uchun foydalanilgan”, deydi Nechayev.

U Rossiya bu holatni davlat boshqaruvining asosiy tamoyillarini ochiqdan-ochiq buzish deb bilishini qo‘shimcha qildi.

Rossiyada barcha uyali aloqa operatorlari bir necha yillardan beri tezkor-qidiruv chora-tadbirlari tizimini – Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Rossiya aloqa tarmoqlaridagi ma’lumotlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar to‘plamini o‘rnatishlari majburiy etib qo‘yilgan. Tizim huquqni muhofaza qilish organlariga foydalanuvchilarning telefon suhbatlari, SMS va internet-trafiklariga kirish uchun zarur. Operatorlar ushbu ma’lumotlarni ma’lum vaqt davomida saqlashlari shart.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing