Bu cho‘chqalik! – Ukraina IIV rahbari xorijdagi ukrainlarning murojaatiga keskin javob qaytardi

Olam

image

Ukraina Ichki ishlar vazirligi endi biron bir charter parvoziga rozilik bermaydi. Bu haqda IIV rahbari Arsen Avakov Facebook’dagi o‘z sahifasida yozib qoldirgan.

Uning jahl bilan yozishicha, ko‘pchilik ukrainlar tavsiyalarga qaramay joriy yilning 13-15 mart kunlari Baliga uchib ketgan va endi vatanga qaytarishlarini so‘rab, murojaat qilmoqda.

“Butun dunyo pandemiya changali ichida qolayotgan bir paytda ular yarim sayyorani uchib o‘tib, dam olishga ketishdi. Sayr qilishdi, plyajlarga borishdi, turli ichimliklar ichishdi, endi esa ularni qaytarib olib kelishimizni talab qilishmoqda. Bu – cho‘chqalik!”, deb yozgan u.

Shu sabab Arsen Avakov Ichki ishlar vazirligi bundan buyon biron bir charter parvoziga ruxsat berilmasligini, yo‘lovchilar uchun havo xizmati yopilganini ma’lum qildi. U chet eldan turib uni qarg‘amasliklarini, mingga yaqin ukrainalikka noqulaylik tug‘dirish, millionlab ukrainaliklarni xavfdan saqlash oldida arzimas narsa ekanligini ta’kidlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirusga 669 nafar odam chalindi. 10 bemor shifo topgan bo‘lsa, 17 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing