Bu hazil emas: ertadan Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qila boshlaydi

Olam

image_2023-03-31_17-58-38

Ertaga, 1 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga raislik qila boshlaydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mavjud tartibga ko‘ra, Xavfsizlik Kengashiga raislik 15 ta a’zo davlat orasida bir oydan almashilinadi. Rossiya ham 1 aprel kuni bu maqomni Mozambikdan qabul qilib oladi.
 
Qayd etilishicha, Rossiya raisligi davomida aprel oyida Nyu-Yorkda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligida BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

Shuningdek, shu oyda Xavfsizlik Kengashining “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillarini himoya qilish orqali samarali ko‘p tomonlama munosabatlar” mavzusidagi yuqori darajadagi ochiq muhokamasi ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilishga ham Rossiya diplomatiyasi rahbari raislik qiladi. Shuningdek, Lavrov 25 aprel kuni Yaqin Sharq bo‘yicha munozaralar sessiyasiga ham raislik qilmoqchi.

Bir yildan oshiq davr mobaynida Rossiya bosqiniga qarshi kurashayotgan Ukraina esa bu raislikni “yomon hazil” deb atagan.

“Rossiya mustamlakachilik urushini olib bormoqda. Uning prezidenti harbiy jinoyatchi, bolalarni o‘g‘irlagani uchun Xalqaro jinoiy sud tomonidan qidirilmoqda”, degan Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya tomonidan taklif etilgan “Shimoliy oqim” portlashini tekshirish bo‘yicha rezolyutsiyani rad etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya BMT Ukraina Lavrov BMT Xavfsizlik Kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing