Bryanskda dronlar hujumi oqibatida kollej o‘quvchilari jarohatlandi

Olam

−

image

Bugun, 30 sentyabr kuni ertalab Rossiyaning Bryansk viloyati Trubchevsk shahriga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan uyushtirilgani aytilayotgan dronlar orqali hujum qilinishi oqibatida 12 kishi jarohatlandi. Jabrlanganlar orasida politexnika texnikumining 9 nafar o‘quvchisi ham bor. Bu haqda Rossiya Prezidenti huzuridagi Bola huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning 7 nafari voyaga yetmagan. Ulardan biri og‘ir ahvolda. Qolganlarida o‘q parchalaridan jarohatlanish va barotravma aniqlangan.

“Yigitlardan biri og‘ir ahvolda. Boshqalarida o‘q parchalaridan jarohatlanish va barotravmalar aniqlangan”, degan u.

Lvova-Belova Bryansk viloyatining Bola huquqlari bo‘yicha vakili Inna Muxina bilan doimiy aloqada ekanini ham bildirgan.

Trubchevskdagi hujum yuzasidan viloyat gubernatori Yegor Kovalchuk zarba tinch aholiga berilganini aytgan. Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishini nazorat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari bugun, 30 sentyabrga o‘tar kechasi Kiyevdagi “De Novo” ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga zarba bergandi. Shaharga uyushtirilgan raketa va dronlar hujumi oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, 5 kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing