Bruno Ronalduning portugalcha shevasini “masxara qildi”

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumkor yarim himoyachisi Bruno Fernandesh jamoadoshi Krishtianu Ronalduning portugalcha shevasini hazilomuz tarzda tanqid qildi. Futbolchi bu haqda “Manchester evening news” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Ba’zan Lingard va Reshford bir-birini tushunishga qiynaladi. Vaziyat portugal tilida ham xuddi shunday. Agar siz Krishtianu Ronaldudan portugalcha so‘zlab berishini so‘rasangiz, men va Diogo Dalotga qaraganda o‘zgacha gapirishiga guvoh bo‘lasiz. Krishtianuning gapirish uslubi portugal tilining eng yomon lahjalaridan biridir (kuladi). Ronaldu – Madeyradan. Qasam ichamanki, portugallar bu orol aholisi nima deyayotganini tushunishmaydi”

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 avgust kuni Krishtianu Ronaldu Turinning “Yuventus” klubidan “Manchester Yunayted”ga qaytdi. Joriy mavsumda forvard “qizil iblislar” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi. 

Avvalroq, italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano o‘zi tuzgan tarixdagi eng yaxshi beshta futbolchi ro‘yxatida Ronalduning nomi yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu YeCHL 3-turidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi uchrashuvning 81-daqiqasida gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Krishtianu Ronaldu Portugaliya Bruno Fernandesh Man Yunayted

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing