Britaniyaning yangi Bosh vaziri ishni Sunakning deportatsiya dasturini tugatishdan boshladi 

Olam

image

Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri Kir Starmer rasmiy Londonning noqonuniy muhojirlarni Ruandaga haydab chiqarish dasturi tugatilganini aytdi. Bu haqda u yangi Leyboristlar hukumatining birinchi yig‘ilishidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan boshpana izlovchilarni Ruandaga deportatsiya qilish dasturi Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Rishi Sunakning asosiy rejasi edi. U huquq himoyachilari va sudning qattiq qarshiliklariga qaramay, buni davom ettirdi”, degan Starmer.

Ushbu dasturni tugatish Leyboristlar partiyasining saylovoldi va’dalaridan biri edi. Starmer deportatsiya rejalarini tanqid qildi va Sunakning rejasiga chek qo‘ydi. Shu o‘rinda, deportatsiya jarayonlari moliyaviy jihatdan mustahkam emasligini ham qo‘shimcha qildi. Sobiq bosh vazirning bu rejasi mamlakatning 2023 yilgi “Noqonuniy migratsiya to‘g‘risida”gi qonuniga asoslangan edi.

Buyuk Britaniyaning oldingi hukumati Ruandaga noqonuniy kelgan barcha muhojirlarni, kelib chiqishi mamlakatidan qat’i nazar, boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqmasdan chiqarib yuborish niyatida edi. Shu maqsadda Ruanda xavfsiz uchinchi davlat deb e’lon qilingan. Deportatsiya qilinadigan birinchi noqonuniy muhojirlar Buyuk Britaniyada joriy yilning may oyi boshida qo‘lga olingan. Umuman olganda, Britaniya rasmiylari yil oxirigacha u yerga 5700 nafar noqonuniy muhojirni yuborishni rejalashtirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer mamlakatning yangi Bosh vaziriga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ruanda Kir Starmer deportatsiya dasturi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing