Britaniyaning sayyohlik nashri 2023 yilda O‘zbekistonga borishni tavsiya qildi
Bu qiziq
−
16 yanvar 2023
4967Buyuk Britaniyaning “Bradt Travel Guides” sayyohlik nashri tomonidan 2023 yilda tashrif buyurish tavsiya qilingan eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari taqdim etildi. Ular orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Samarqand shahri ham joy olgan. Bu haqda “Trend.Az” nashri xabar berdi.
“2023 yilda Samarqandda Jahon turizm Bosh Assambleyasi o‘tkaziladigan paytda barchaning e’tibori O‘zbekistonga qaratiladi. Mazkur tadbir mamlakatning Ipak yo‘lidagi shaharlari va YUNESKO’ning Butunjahon merosi ob’ektlari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir”, deydi “Bradt Travel Guides” nashri.
Shuningdek, nashr Samarqandning diqqatga sazovor joylari qatorida Registon, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi kabi joylarni tilga olgan. Brady Guides tarixiy diqqatga sazovor joylar bilan bir qatorda joriy yilning yozida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyoning eng yirik elektron musiqa festivali (“Stixiya”)ni ham eslatib o‘tgan.
Shu bilan birga, nashr Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahridagi yangi aeroport Toshkentga haftasiga uchta reys amalga oshirayotganiga e’tibor qaratib, bu Samarqandga yetib borishni osonlashtirishini ta’kidlagan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi