Britaniyada ilk bor musulmon ayol sudya bo‘ldi
Olam
−
28 may 2020
9404Raffiya Arshad Buyuk Britaniyada sudya sifatida ishlagan birinchi musulmon ayol bo‘ldi. Bu haqda "The Independent" xabar bermoqda.
40 yoshli ayol 17 yildan beri yuridik amaliyot bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, bu yutug‘i boshqa musulmon ayollar uchun juda muhim. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolaligidan unga hijobi tufayli bu kasbda muvaffaqiyatga erisha olmasliklari aytishgan. Shunga qaramay, u butun faoliyati davomida hijobdan voz kechmadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u tayinlangani munosabati bilan ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Biroq, vaqti-vaqti bilan ishxonada hamkasblari uning sudya ekanligini darhol anglamaydilar. Uni mijoz yoki tarjimon deb o‘ylashadi.
"Hali ham mendek odamlar yuqori darajadagi mutaxassislar bo‘lmasligi haqidagi noto‘g‘ri tushuncha mavjud", deydi Raffiya Arshad.
O‘z faoliyati davomida Arshad advokat sifatida bir qator ishlarda qatnashgan. Ularning ko‘pchiligi Britaniya musulmonlari hayoti bilan bog‘liq.
LiveBarchasi