Britaniyada farrosh ko‘p ishlagani uchun ishdan haydaldi

Olam

image

Buyuk Britaniya parlamentining farroshi 16 yil davomida ikki ishda 17 soat yashirincha mexnat qilgani uchun ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mulikat Ogumodede ismli ayol 2008 yildan 2024 yilgacha kunduzi Deutsche Bank’da va kechasi Buyuk Britaniya parlamentida haftasiga besh kun ishlagan.

Ayol parlamentda soat 22:00 dan 6:00 gacha bo‘lgan ish vaqtini yakunlamasdan bankda soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlagani ma’lum bo‘lgan. Holatdan xabar topgan ayolning rahbarlari uni me’yordan ortiq ishlayotganini qasddan aytmaganlikda ayblagan. Shuningdek, ayolni ish vaqti chegaralari bo‘yicha qonunlarni buzgani uchun parlamentdan ishdan bo‘shatgan. 

Ishdan bo‘shatilishi ortidan Mulikat Ogumodede ish beruvchilarni noo‘rin mexnat shartnomasini bekor qilgani uchun sudga bergan, ammo sudya uning barcha da’volarini rad etib, farroshning lavozimidan chetlatilishi adolatli ekanligini aytgan.

Farrosh ayol tanafussiz ish jadvaliga qaramay, o‘zini juda yaxshi his qilayotgani va dam olish kunlari to‘liq dam olib, ish vaqtida holsizlik sezmayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning “Inter Miami” stadionida ishlaydigan farrosh Lionel Messidan dastxat olgani uchun ishdan haydalgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buyuk Britaniya farrosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing