Britaniyada Assanjning ekstraditsiyasiga qarshi chiqishdi

Olam

image

Britaniya Milliy Jurnalistlar Uyushmasi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilmaslik to‘g‘risida rezolyutsiya e’lon qildi.

Hujjat matnida ta’kidlanganidek, Assanj "G‘arb mamlakatlarida matbuotga tahdidlar kuchaygan davrda, gazeta va radioeshittirish kompaniyalariga qilingan reydlarda, hukumat matbuotni "xalq dushmani" ekanligi haqidagi bayonotlarida ayblanmoqda”.

Ta’kidlanishicha, uning ekstraditsiyasi xavfli holatga aylanib, matbuot erkinligining susayishiga olib kelishi mumkin.

“Kengash Julian Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilinishiga qarshi qaror qabul qildi va Ichki ishlar vaziriga, ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga va adliya vaziri o‘rinbosariga Milliy jurnalistlar ittifoqining pozitsiyasini ko‘rsatgan holda xat yozdi", deyiladi qarorda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Buyuk Britaniyada WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning ekstraditsiyasi bo‘yicha sud jarayoni boshlangan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 2010 yilda Shvetsiyada Assanjni jinsiy zo‘rlashda ayblashdi. Londonda bo‘lganida, u o‘z ixtiyori bilan politsiyaga taslim bo‘ldi, hibsga olindi va garov evaziga qo‘yib yuborildi. 2011 yilda Assanjni Shvetsiyaga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. U esa, o‘z navbatida, apellyatsiya berdi. 2012 yil 19 iyun kuni Ekvadorning Londondagi elchixonasiga berkindi va siyosiy boshpana so‘radi.

2019 yil may oyi oxirida AQSH hukumati Assanjni josuslik va maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishda aybladi. Agar u AQSHga ekstraditsiya qilinadigan bo‘lsa, 175 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Julian Assanj

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing