Britaniyada 70 ga yaqin qimmatbaho mashina yonib ketdi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Cheshir grafligida 70 ga yaqin qimmatbaho mashinalar yonib ketdi. Bu haqda "Daily Mail"ga asoslanib xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, mashinalarning egasi million dollarlik zarar ko‘rgan. Politsiya ularga o‘t qo‘yib yuborilgan, deb taxmin qilmoqda. 

Hodisa Chelford Leyndagi Over-Peover qishlog‘ida sodir bo‘lgan. U yerda ichida sport mashinalari saqlanuvchi ikkita yordamchi bino yonib ketgan. 

Voqea joyiga oltita o‘t o‘chirish mashinasi yetib kelgan, politsiya yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.

Yonib ketgan mashinalar orasida Ferrari va Porsche modellarini aniqlash mumkin bo‘lgan. Qolgan mashinalar yong‘in natijasida tanib bo‘lmaydigan darajaga kelgan. 

Ta’kidlanganidek, voqea bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in mashina

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing