Britaniyada 200 olim Xitoyga harbiy sirlarni sotishda gumon qilinmoqda

Olam

image

Buyuk Britaniya Xavfsizlik kuchlari Xitoyga so‘nggi, eng yangi qurol-yaroq haqida maxfiy ma’lumotlarni taqdim etganlikda gumon qilinayotgan 200 ga yaqin britaniyalik olimlarni tekshirmoqda. Bu haqda bugun, 8 fevral kuni “The Times” nashri xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, 200 nafar olim strategik jihatdan muhim sohalarda dushman davlatlarga “intellektual mulkning o‘tkazilishi oldini olishga qaratilgan qat’iy eksport cheklovlarini” buzganlikda gumon qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Britaniya hukumati Qo‘shma Qirollikning o‘ndan ortiq universitetida ishlaydigan 200 dan ortiq Britaniya fuqarosiga tegishli bildirishnomalarni yuborishga tayyorlanmoqda. Ular samolyotlar, raketa dizayni va kiber qurollar bilan bog‘liq eng zamonaviy harbiy texnologiyalar bo‘yicha maxfiy tadqiqotlar natijalarini Xitoyga o‘tkazish bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Tergov qilinayotgan ko‘plab olimlar Xitoy kompaniyalari bilan tijorat shartnomalari tuzish orqali qonunni bilmasdan buzgan bo‘lishi mumkin.

“Tez orada biz sudlarda o‘nlab olimlarni ko‘rishimiz mumkin”, deb yozadi “The Times”gazetasi.

Ma’lum qilinishicha, Buyuk Britaniyaning 2008 yilgi eksportni nazorat qilish to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, yuqoridagi holat yuzasidan gumonlanayotganlar aybdor deb topilsa, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Britaniya olim

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing