Britaniyada 113 yil oldin ijaraga olingan kitob kutubxonaga qaytarildi
Olam
−
19 Oktabr
5201Birinchi jahon urushi davrida Buyuk Britaniyaning Oksford shahridagi kollejda o‘qigan va 1916 yilda urushda halok bo‘lgan Leonard Evbank ismli maktab o‘quvchisi ijaraga olgan “Bayronning she’rlari” kitobi kutubxonaga qaytarildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “Bayronning she’rlari” kitobi Uels janubidagi Karmartenshirda yashovchi odam tomonidan topilgan va u kitobni Kambrij yaqinidagi Uaytxeyvendagi “St Bees” maktabiga qaytargan.
Qayd etilishicha, moviy matoga o‘ralgan kitobning ichida Leonard Evbank ismi va 1911 yil 25 sentyabr sanasi yozilgan. Evbank 1893 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1902-1911 yillarda “St Bees” maktabida tahsil olgan, so‘ngra Oksforddagi “Queen’s” kollejida o‘qigan.
“Birinchi jahon urushidan oldin maktab kutubxonasidan ijaraga olingan kitob nihoyat qaytarildi – I asrdan ko‘proq vaqt kechikib”, deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, Evbankning ko‘zlari yaxshi ko‘rmaganiga qaramay, 1915 yilda Birinchi jahon urushida qatnashish uchun 15-chegara polkiga yollangan. U 1916 yil 23 fevralda jangda boshiga o‘q tegib halok bo‘lgan va Iprdagi 2 463 nafar askarning qabri joylashgan “Railway Dugouts” qabristoniga dafn etilgan.
Evbank “St Bees” maktabining faxriylar ro‘yxatiga “ingliz, jasur, halol va sodiq” ta’rifi bilan kiritilgan.
Maktab direktori Endryu Kipning aytishicha, kitobning qaytarilishi maktab uchun katta sharaf bo‘lgan.
“I asr o‘tib “St Bees” tarixining bir qismi bizga qaytganini o‘ylash ajoyib”, deydi u.
Ma’lumot uchun, “St Bees” – 430 yoshdagi kunlik ta’lim beruvchi maktab bo‘lib, o‘qish uchun yiliga 16 mingdan 40 ming funt sterlinggacha pul to‘lash kerak. Mashhur aktyor va yozuvchi Rouen Atkinson shu maktab bitiruvchilaridan bo‘lib, u bilan birga Kembrij universitetining ikki sobiq vitse-kansleri, bir qator professorlar va uchta Viktoriya xochi sovrindorlari ham shu maktabni bitirgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr