Britaniya xorijiy “shpion”lar uchun jazoni keskin kuchaytiradi – OAV
Olam
−
11 may 2022
3508Buyuk Britaniya hukumati josuslik haqidagi qonunni buzganlik uchun jazoni kuchaytiradi. Ushbu modda bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal muddat 14 yildan umrbod qamoq jazosiga oshiriladi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Priti Patelga tayanib, “Daily Telegraph” gazetasi xabar berdi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, xorijiy razvedka xodimlari “dushmanlik harakatlari” tayyorlaganliklari uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. O‘z navbatida, saylovga aralashish va davlat sirlarini o‘g‘irlash uchun 14 yillik qamoq jazosi qo‘llanadi.
Bundan tashqari, Britaniya rasmiylari sabotaj, jumladan kiberhujumlar va muhim infratuzilmani kuzatish uchun dronlardan foydalanishda ayblangan xorij fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortish imkoniyatlarini oshiradi.
Shuningdek, Britaniyada Amerika modelidan so‘ng xorijiy agentlar reyestri yaratiladi, unda “xorijiy hukumatda ishlaydigan shaxslar” ro‘yxatga olinadi. Bunday ro‘yxatdan o‘tmaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Agar tashabbus Britaniya parlamenti Jamoatchilik palatasida ma’qullansa, Qirollik ichki ishlar idorasi xorijiy agentlarning “qayerda yashashi, ishlashi mumkinligiga cheklovlar o‘rnatish” orqali ularning mamlakat bo‘ylab harakatlanishini cheklovchi orderlar berish huquqiga ega bo‘ladi. Agar agentni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli dalillar bo‘lmasa, order beriladi. Tegishli order sudya roziligi bilan beriladi.
LiveBarchasi